Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-10-13
1. Qanday ma'lumot yig'iladi
Ro'yxatdan o'tishda: ism, telefon raqami va Telegram akkaunt identifikatori. Buyurtma berishda: manzil va xaritadagi nuqta (yetkazib berish uchun), buyurtma tarkibi, to'lov usuli (to'lov ma'lumotlari to'lov tizimida saqlanadi, bizda faqat holat). Bron qilishda: ism, telefon, sana va vaqt.
2. Ma'lumot nima uchun ishlatiladi
Buyurtmani tayyorlash va yetkazib berish, buyurtma holati haqida xabar berish, bonus ballar va chegirmalarni hisoblash, xizmat sifatini yaxshilash. Marketing xabarlari faqat rozilik bilan yuboriladi.
3. Uchinchi tomonlar
Yetkazib berish uchun manzil va telefon taksi xizmati (Millenium Taxi / TaxiMaster) bilan ulashiladi. Onlayn to'lovlar Click va Payme orqali o'tadi. Ma'lumot sotilmaydi.
4. Saqlash muddati
Hisob ma'lumotlari hisob mavjud bo'lguncha saqlanadi. Buyurtma va to'lov yozuvlari buxgalteriya talablari uchun saqlanadi, lekin ularda ism, telefon va manzil bo'lmaydi.
5. Hisobni o'chirish
Profil sahifasining pastida "Hisobni o'chirish" bo'limi bor. Tasdiqlashdan keyin shaxsiy ma'lumotlar darhol o'chiriladi. Uni ilova yoki saytning o'zidan bajarish mumkin.
6. Savollar
Savollar bo'lsa, restoran bilan bog'laning: +998 99 049 33 33